«Olmaliq» bir qator futbolchilarni ijaraga berdi

«Olmaliq» vakillari – Isroil Ergashev va Farrux Nurliboev «Qizilqum» mashg`ulotlariga qo`shildi. Bu haqda «Olmaliq» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, Ergashev ham, Nurliboev ham Zarafshon klubiga ijaraga berilgan. Navoiy viloyatining boshqa bir jamoasi, O`zbekiston Birinchiligi vakili hisoblangan «Zarafshon» tarkibida esa «Olmaliq»ning boshqa bir yarim himoyachisi – Zafar To`raev ijara asosida to`p suradi.

«Olmaliq» tarkibini erkin agent sifatida tark etgan Ma`rufxon Murodov «So`g`diyona» mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb