«Dinamo» O`zbekiston Birinchiligi vakilini mag`lub etdi

Samarqandning «Dinamo» klubi 18 iyul kuni hamshahari «Sherdor»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda Samarqand viloyat futbol federatsiyasi sayti xabar bermoqda.

«Dinamo» va O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchisi «Sherdor» o`rtasidagi bahs 2:0 hisobida Oliy Liga vakili foydasiga hal bo`ldi. «Dinamo» stadionida kechgan bahsda gollar To`lqin Mirzaev va ukrainalik yarim himoyachi Vladimir Kilikevich hisobiga yozildi.

Avvalroq, «Dinamo» safida ko`rikda o`tayotgani haqida xabar berilgan nigeriyalik futbolchilar – Yoqub Mayza va Lourens Katto 18 iyul kuni «Sherdor» safida to`p surgan.

Eslatib o`tamiz, Ravshan Haydarov qo`l ostidagi «Dinamo» ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni Samarqandda olib bormoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb