«Olmaliq» uchta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Birinchi davra o`yinlari yakuniga etganidan so`ng, «Olmaliq» jamoasi tarkibida bir qator o`zgarishlar sodir bo`ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Birinchi davra o`yinlari yakuniga etishi bilan, Samandar Shodmonov, Akmal Rustamov va Mo`ydin Mamazulumov jamoani tark etgandi. 19 iyul kuni jamoa rahbariyati o`yin amaliyotisiz qolib ketayotgan bir qator futbolchilar, xususan, Zafar To`raev, Farrux Nurliboev, Ma`ruf Murodov, Isroil Ergashevga boshqa klublarga o`tishga ruxsat berdi.

Jamoaga «Neftchi»dan Muhsin Nizomiddinov, «Qizilqum»dan Olim Navkarov, «Sho`rtan»dan Obid Jo`raboev va Dilyaver Abibullaev kelib qo`shilgan.

Klub rasmiy saytining qo`shimcha qilishicha, jamoa 21 iyul kuni «Neftchi», 24 iyul kuni «Metallurg», 28 iyul kuni esa «Buxoro»ga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb