«So`g`diyona» Zomindagi yig`inlarni yakunladi

Jizzaxning «So`g`diyona» klubi ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Zominda olib bordi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoa, tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishish uchun, 19 iyul kuni Toshkentga yo`l oladi. Toshkent yig`ini doirasida bir qator nazorat o`yinlari o`tkazish, shuningdek, yangi futbolchilarni ko`zdan kechirish rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, birinchi davra o`yinlari yakuniga etganidan so`ng Jalil Kimsanov, Xurshid Yo`ldoshev, Akmal Abdurahmonov kabi futbolchilar o`z xohishlariga ko`ra «So`g`diyona»ni tark etishgan.



mib
uzcard
cola
apex
bmb