«Dinamo» safida nigeriyalik futbolchilar shug`ullanmoqda

«Dinamo» ikkinchi davra o`yinlariga Samarqandda tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoa yig`iniga bir qator yangi futbolchilar kelib qo`shilmoqda. Jumladan, birinchi davrani «Qizilqum»da o`tkazgan Avaz Agaliev va Alisher Samatov, «Neftchi» vakili Oybek Nurboev va «Paxtakor»dan Ildar Mamatkazin «Dinamo» safida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko`rmoqda.

«Dinamo» rasmiy saytining 18 iyuldagi xabariga ko`ra, jamoa mashg`ulotlariga Nigeriyadan ikki futbolchi qo`shilgan. 1990 yilda tug`ilgan Yoqub Mayza va 1995 yilda tug`ilgan Lourens Katto murabbiylar ko`rigidan muvaffaqiyatli o`tsa, «Dinamo»da qolishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb