«Neftchi» o`rinbosarlari 20 iyuldan so`ng Toshkentga yo`l oladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Sergey Kovshov qo`l ostidagi «Neftchi» o`rinbosarlari 20 iyul kuni «Qo`qon-1912»ga qarshi nazorat o`yinida maydonda tushishadi. Ushbu o`yindan so`ng, jamoa tibbiy ko`rikdan o`tish uchun Toshkentga yo`l oladi.
Bundan tashqari, poytaxtda kichik yig`in tashkil etiladi. Yig`in doirasida 23 iyul kuni «Bunyodkor» yoshlar jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazish rejalashtirilgan.