Toshkentning «Lokomotiv» klubi hujumchisi Zayniddin Tojiev faoliyatini Farg`onada davom ettiradigan bo`ldi.
«36 yoshli hujumchi Zayniddin Tojievni bilan yil oxirigacha shartnoma tuzish rejalashtirilgan. Hujumchi 18 iyul kuni jamoa mashg`ulotidan ishtirok etdi», - deya xabar bermoqda «Neftchi» rasmiy sayti.
Ma`lumot o`rnida, joriy mavsum Zayniddin Tojiev Oliy Liga o`yinlari doirasida jami 9 o`yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo`lgan edi. Ushbu gollardan bittasi Oliy Liga 4-turi doirasida Farg`onada «Neftchi»ga qarshi o`yinda kiritilgan edi.