«Neftchi» nazorat o`yinlari taqvimini e`lon qildi

Ikkinchi davra o`yinlariga Toshkentdagi «Geofizika» qarorgohida tayyorgarlik ko`rayotgan Farg`onaning «Neftchi» klubi nazorat o`yinlari taqvimini e`lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, «Neftchi» Toshkent yig`ini doirasida 21-27 iyul kunlari bir qator nazorat o`yinlarida maydonga tushadi. Jumladan, farg`onalik futbolchilar 21 iyul kuni «Olmaliq», 22 iyul kuni «Lokomotiv», 25 iyul kuni «Guliston» va «Dinamo», 27 iyul kuni esa «So`g`diyona»ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o`tamiz, 17 iyul kuni «Neftchi» ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida dastlabki nazorat o`yinini o`tkazgan edi. Qibrayda «Paxtakor»ga qarshi kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb