Anvarjon Soliev «Paxtakor»ga qo`shildi

«Bunyodkor» hujumchisi Anvarjon Soliev «Paxtakor»ga qo`shildi. Bu haqda 2012 yilgi O`zbekiston chempioni rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Shu tariqa jamoamizga davralar oralig`ida yana bir futbolchi kelib qo`shildi. Solievning tajribasi va mahorati jamoamizga ikkinchi davrada qo`l kelishi tabiiy. Bundan tashqari, u yosh hujumchilarimizga turli maslahatlar berib, qimmatli tajribasi bilan ularning o`sishiga yordam berishi, shubhasiz», - deyiladi «Paxtakor» rasmiy saytidagi xabarda.

Eslatib o`tamiz, Anvarjon Soliev bungacha 2001-2007 yillarda ham «Paxtakor» sharafini himoya qilgan, bir necha bor O`zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarida, shuningdek, 2007 yilgi MDH Chempionlar kubogida g`olib chiqqan edi.

Qayd etish joiz, Anvarjon Soliev «Bunyodkor»da 2008-2013 yillar oralig`i davom etgan faoliyati davomida jami 157 uchrashuvda maydonga tushib, 65ta gol urishga muvaffaq bo`lgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi to`purar bo`lib turibdi. Undan keyingi o`rinda 80ta o`yinda «Bunyodkor» sharafini himoya qilib, 43ta gol urgan Rivaldo turibdi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb