Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik doirasida 17 iyul kuni Toshkentning «Paxtakor» va Farg`onaning «Neftchi» jamoalari o`zaro nazorat uchrashuvi o`tkazishdi.
Qibrayda o`tkazilgan o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi. O`yinda hisob «Neftchi» yarim himoyachisi Iqbol Akramovning penaltidan urgan golidan so`ng ochilgan bo`lsa, ikkinchi bo`lim oxirida «Paxtakor»ning yosh yarim himoyachilaridan biri Abdulloh Olimov hisobni tenglashtirdi.
«Paxtakor» FK rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa 23 iyul kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushadi.
Nazorat uchrashuvi
17 iyul, chorshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) 1:1
Gollar: Abdulloh Olimov – Iqbol Akramov (penalti).
«Paxtakor»: Lobanov, Merzlyakov, Kozak, Xolmuhammedov, Hoshimov, Maxaradze, Ismatullaev, Qilichev, Karimov, Sharofutddinov, Sergeev.
Zaxiradan tushganlar: Masharipov, Olimov, Rekun, Soliev, Ubaydullaev, Shixov, Fomin, Maxstaliev.
«Neftchi»: Hasanov, Hojiakbarov, Nasibullaev, Po`latov, Ermatov, Akramov, Ponomaryov, Mirzaev, Asqaraliev, Saidov, Otaqo`ziev.
Zaxiradan tushganlar: Turdaliev, Boboxonov, Kimsanov, Jumaev, Alijonov, Isroilov, Mamazulunov, Soipov, M, Kamolov.