G`uzorning «Sho`rtan» klubi ikkinchi davra o`yinlariga Zoir To`raqulov qo`l ostida tayyorgarlik ko`rmoqda. Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoani Shavkat Raimqulov, Pavel Leus, Aziz Mansurov, Pavel Solomin, Muzaffar Umrzoqov va Shukur Jumaboev tark etgan.
«Sho`rtan» ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni 11 iyuldan boshlangan bo`lib, unda hozircha to`liq tarkib ishtirok etmayapti. «Zoir To`raqulov bilan bog`langanimizda, murabbiy birinchi davrada ko`p o`yin o`tkazgan futbolchilar biroz ko`proq ta`til berilishini so`rab klub rahbariyatiga murojaat qilishganini aytib o`tdi. Shu bois ham to`liq tarkibning mana endi yig`ilishi kutilyapti», - deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.