«Nasaf» 21 iyul kuni «Navbahor» bilan o`ynaydi

«Nasaf» 14 iyuldan ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni boshladi. Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa futbolchilari 12 iyul kuni tibbiy ko`rikdan o`tishgan.

Jamoa ikkinchi davra o`yinlarigacha ikkita nazorat o`yini o`tkazishni rejalashtirgan. Jumladan, 17 iyul kuni Ro`ziqul Berdiev shogirdlari Qarshida «Sho`rtan»ga qarshi, 21 iyul kuni esa Toshkentda «Navbahor»ga qarshi maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb