«Paxtakor» 14 iyuldan ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni boshladi. «Paxtakor» rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa 17 iyul kuni «Neftchi», 23 iyul kuni esa «Dinamo»ga qarshi nazorat uchrashuvlarini o`tkazadi.
Jamoa tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz bergan. Jumladan, 2003 yildan beri «Paxtakor»da to`p surib kelgan Ilhom Suyunov bilan shartnoma bekor qilingan bo`lsa, mavsum boshida Xitoyning «Tsindao Jonun» klubiga ijara berilgan Sherzod Karimov «Paxtakor»ga qaytgan.