Oliy Liga 2-turining qoldirilgan uchrashuvida «Paxtakor» g`alaba qozondi

21 may kuni O`zbekiston Oliy Ligasi 2-turining qoldirilgan «Sho`rtan» – «Paxtakor» uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`yinning 4-daqiqasidayoq «Paxtakor» Oybek Qilichevning goli evaziga oldinga chiqib oldi. 18-daqiqada farq ikkitaga etadi. «Sho`rtan» darvozasiga ikkinchi golni Abbos Maxstaliev kiritadi. Uchrashuvning birinchi bo`limi shu tariqa, «Paxtakor»ning g`alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo`limning 67-daqiqasida g`uzorliklar futbolchisi Dilyaver Abibullaev «Paxtakor» darvozasini ishg`ol qilib, oradagi farqni bittaga qisqartiradi. Ammo, qolgan vaqt davomida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Uchrashuvda 3 ochkoni qo`lga kiritgan «Paxtakor» umumiy ochkolari sonini 16taga etkazib oldi.

Oliy Liga, 2-turning qoldirilgan uchrashuvi
21 may, seshanba. 17:00.
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Paxtakor» (Toshkent) - 1:2 (0:2)
Gollar: D. Abibullaev (67) - O. Qilichev (4), A. Maxstaliev (18)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Meshkov (Samarqand)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Komissar: A. Xudoydotov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb