Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o`yinida Tailandning «Buriram Yunayted» klubini qabul qilib, 0:0 hisobida durang o`ynadi va Osiyo Chempionlar ligasi bahslaridan chiqib ketdi.
Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo`lib o`tgan uchrashuvda hisob ochilmadi va ikki o`yin natijasiga ko`ra, «Buriram Yunayted» chorak finalga yo`llanma oldi. Xabaringiz bor, mazkur jamoalarning ilk o`yinida 2:1 hisobida «Buriram Yunayted» g`alaba qozongan edi. Shu tariqa Toshkentda qayd etilgan durang Tailand jamosini chorak finalga olib chiqdi.
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi o`yinlarida o`z maydonida bir marotaba ham g`alaba qozona olmagan «Bunyodkor», ushbu noxush an`anani davom ettirdi. Uchrashuvda raqibiga nisbatan ko`p jabhalarda ustunlik qilgan «Bunyodkor», raqib daarvozasiga yo`l topa olmadi. 0:0 va ikki o`yin natijasiga ko`ra 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchragan «Bunyodokor» Osiyo chempionlar ligasi bu mavsumidagi yurishini to`xtatdi.
OChL-2013
Nimchorak final, javob o`yini
21 may, seshanba
«Bunyodkor» (O`zbekiston) - «Buriram Yunayted» (Tailand) 0:0 (0:0).
Bosh hakam: Abdulloh Dur Muhammad Bolida
«Bunyodkor»: 25. Murodjon Zuhurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 7. Marko Blajich (Alibobo Rahmatullaev 70), 8. Javlon Ibrohimov, 9. Igor Taran (Kamoliddin Murzoev 66), 11. Oleksandr Pishur, 13. Lutfulla To`raev, 16. Artyom Filiposyan, 19. Jasur Hasanov, 23. Sahob Jo`raev (Oleg Zoteev 55)
«Buriram Yunayted»: 1. Sivarak Tedsungnoen, 2. Tiraton Bunmatan, 3. Pratum Chutong, 5. Osmar Barba Ibanez, 6. Tanasak Srisay, 8. Suchao Nutnum, 13. Jiravat Makkarom (Anavin Jujin 72), 15. Surat Sukxa, 16. Suriya Domtaysong (Karmelo Gonsalez 28), 19. Kay Xirano (Adisak Kraisorn 54), 25. Suri Sukxa.
Ogohlantirishlar: Artyom Filiposyan (45+2), Xayrulla Karimov (85) — Tiraton Bunmatan (20), Kay Xirano (47), Pratum Chutong (81), Osmar Barba (85), Karmelo Gonsalez (90+2)
Komissar: Bordallo Maykl Jon (Guam).
Toshkent. «Bunyodkor». 11672 tomoshabin
Birinchi o`yin - 1:2