Samarqandning «Dinamo» klubi murabbiylar shtabida o`zgarish yuz berdi.
Joriy chempionat boshidan beri jamoa bosh murabbiyi o`rnini egallab kelgan Kamo Gazarov o`rniga «Qizilqum»ning sobiq ustozi Ravshan Haydarov (15.07.1961) keldi. Haydarovning «Dinamo»dagi rasmiy lavozimi – bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi maslahatchi-murabbiy.
Bundan tashqari, Samarqand klubi murabbiylar shtabiga Haydarovga «Qizilqum»da yordam bergan Vladimir Andreev (02.08.1963) ham kirgan.