Samarqandning «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi Kamo Gazarov iste`foga chiqarildi. Bu haqda 6 may, dushanba kuni klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.
Xabarga ko`ra, 6 may kuni «Dinamo» klubida yig`ilish o`tkazilib, unda bosh murabbiy masalasi ko`rib chiqilgan. Unda «Dinamo» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kamo Gazarov o`z o`rnini bo`shatgani ma`lum qilingan.
Jamoaga bosh murabbiy etib Ravshan Haydarov tayinlangan. Eslatib o`tamiz, aprel oyi boshida Haydarov Zarafshonning «Qizilqum» jamoasi bosh murabbiyligidan iste`foga chiqarilgan edi.