OChL-2013: «Bunyodkor» – pley-offda!

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi so`nggi turida Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasi mehmoni bo`lib, 1:1 hisobida durang o`ynadi.

«G» guruhi doirasidagi ikkinchi o`yin – Yaponiyaning «Sanfrechche Xirosima» hamda Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoalari o`rtasidagi bahsda hisob ochilmadi – 0:0. Shunday qilib, Mirjalol Qosimov shogirdlari «G» guruhida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan holda, nimchorak final bosqichi yo`llanmasi egasiga aylanishdi. Guruhdagi ikkinchi yo`llanma «Beyjing Guoan» jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yarim finalida «Bunyodkor» «E» guruhida 2-o`rinni egallagan jamoaga qarshi to`p suradi. «E» guruhida Janubiy Koreyaning «Seul» jamoasi muddatidan avval guruh g`olibligini qo`lga kiritib bo`lgan bo`lsa, ikkinchi yo`llanma uchun uch jamoa kurash olib bormoqda. 14 va 21 may kunlari «Vegalta Senday» (Yaponiya), «Buriram Yunayted» (Tailand) va «Jiangsu Seynti» (Xitoy) jamoalaridan biri «Bunyodkor»ga raqib bo`ladi. Aynan qaysi jamoa Toshkentga kelishi esa 1 may kuni bo`ladigan uchrashuvlardan so`ng aniq bo`ladi.

Qayd etish joiz, o`z tarixida oltinchi marotaba Osiyo klublarining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan «Bunyodkor» oltinchi urinishda ham guruh bosqichini, jumladan, so`nggi ikki yildan beri Sharqiy mintaqada muvaffaqiyat bilan yakunlashga muvaffaq bo`ldi. Bundan tashqari, 2013 yilgi guruh bosqichi bahslarida Mirjalol Qosimov shogirdlari birorta o`yinda mag`lubiyat nimaligini bilishmadi.

OChL-2013
«G» guruhi, 6-tur uchrashuvi
30 aprel, seshanba
«POXANG STILERS» (Janubiy Koreya) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston) 1:1 (0:0)
Gollar:
Park Xo Seong (90+2) – Aleksandr Pishur (79).
Ogohlantirishlar: Xvang Su Ji (49), Shin Xun Kvang (59), Kim Xo Dae (67), Kim Il Von (85) – Lutfulla To`raev (59), Igor Taran (79), Akmal Shorahmedov (89).
«Poxang Stilers»: 1.Shin Yong Xva (31.Kim Da Sol, 46), 3.Kim Seok Gvang, 17.Shin Xun Kvang, 13.Kim Il Von, 14.Kim Xo Dae, 9.Xvang Su Ji (7.Bae Suk Chun, 66), 8.Xvang Sung Jin, 26.Cho Xo Chan, 29.Li Ju Myong, 11.Park Xo Seong, 18.Ko Yul Mu (22.No Jun Byung, 31)
«Bunyodkor»: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo`raev (17.Kamoliddin Murzoev, 89), 6.Anvar G`ofurov, 7.Marko Blajich, 9.Igor Taran (14.Alibobo Rahmatullaev, 78), 11.Aleksandr Pishur, 13.Lutfulla To`raev, 16.Artyom Filiposyan, 19.Jasur Hasanov (21.Sardor Rashidov, 65), 33.Oleg Zoteev
Hakamlar: Banjar Muhammad Al-Dosari, Salim Rashid Al-Naimi, Saad Muhammad Alshamari (barchasi - Qatar), Vu Minch Tri (Vetnam).

mib
uzcard
cola
apex
bmb