
Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlari doirasida 23 aprel, seshanba kuni Yaponiya chempioni «Sanfrechche Xirosima»ni qabul qildi.
Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o`tkazilgan o`yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Shunday qilib, «Bunyodkor» guruh bosqichi doirasida Toshkentda o`tkazilgan barcha o`yinlarda durang natija qayd etdi.
O`yindan so`ng fikrlari bilan o`rtoqlasharkan, «Sanfrechche Xirosima» bosh murabbiyi Xajime Moriyasu Osiyo Chempionlar ligasi bahslari uning shogirdlari uchun katta maktab vazifasini bajarganini qayd etgan bo`lsa, «Bunyodkor» ustozi Mirjalol Qosimov keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritish uchun so`nggi turda «Poxang»ga mag`lub bo`lmasligi kerakligini ta`kidlab o`tdi.
«Bunyodkor» – «Sanfrechche Xirosima» o`yinidan tayyorlangan fotoreportaj bilan quyida tanishishingiz mumkin. Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov (O`zPFL matbuot xizmati).