OChL-2013: «Bunyodkor» guruh bosqichida Toshkentda g`alaba qozonmadi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida Toshkentda o`tgan uchinchi o`yinda ham durang natija qayd etdi.

23 aprel, seshanba kuni O`zbekiston Kubogi amaldagi sohibi, Toshkentning «Bunyodkor» klubi o`z maydonida Osiyo Chempionlar Ligasi «G» guruhi 5-tur bahslari doirasida Yaponiya chempioni «Sanfrechche» Xirosima»ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda hisob ochilmadi. Shunday qilib, «Bunyodkor» OChL guruh bosqichi doirasida Toshkentda o`tgan o`yinlarda g`alaba qozona olmadi. Dastlab, 13 mart kuni «Jar» stadionida Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasini qabul qilgan Qosimov shogirdlari 2:2 hisobida durang o`ynashgan, 2 aprel kuni «Bunyodkor» stadionida o`tkazilgan Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoasiga qarshi o`yinda hisob ochilmagan edi.

23 aprel kuni o`tkazilgan guruhning ikkinchi o`yinida Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoasi o`z maydonida Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, 5-turdan so`ng «Bunyodkor» 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, «Beyjing Guoan» hisobida 8 ochko bor. Keyingi bosqich chiqish imkoniyatini hali ham saqlab turgan «Poxang» hisobida esa 6 ochko mavjud.

Guruh bosqichining so`nggi tur uchrashuvlari 30 aprel kuni o`tkaziladi. Shu kuni «Sanfrechche Xirosima» o`z maydonida «Beyjing Guoan»ni qabul qilsa, «Bunyodkor» safarda «Poxang Stilerz»ga qarshi to`p suradi. Guruhdan kimlar keyingi bosqichga chiqishi aynan shu kuni ma`lum bo`ladi.

OChL-2013,
«G» guruhi, 5-tur uchrashuvi
23 aprel, seshanba
«Bunyodkor» (O`zbekiston) – «Sanfrechche Xirosima» (Yaponiya) 0:0
Ogohlantirishlar:
Park Xyung Jin 49, Xayrulla Karimov 55, Dilshod Jo`raev 85
«BUNYoDKOR»: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrulla Karimov, 6.Anvar G`ofurov, 7.Marko Blajich (14.Alibobo Raxmatullaev 78), 8.Javlon Ibroximov (5.Dilshod Jo`raev 63), 11.Oleksandr Pishur, 13.Lutfulla To`raev, 16.Artyom Filiposyan, 18.Fozil Musaev (17.Kamoliddin Murzoev 23), 33.Oleg Zoteev
ZAXIRA: 3.Abduqahhor Xojiakbarov, 9.Igor Taran, 19.Jasur Hasanov, 25.Murotjon Zuxurov
«SANFREChChE XIROSIMA»: 1.Shusaki Nishikava, 2.Xvang Seokxo, 4.Xiroki Mizumoto, 15.Tomotaka Okomoto, 17.Park Xyung Jin, 19.Li Dae Xun (9.Naoki Ishixara 72), 24.Gakuto Notsuda, 26.Sena Inami (5.Kazuxiko Chibo 83), 33.Tsukasa Shiotani, 35.Koji Nakajima, 37.Xayao Kavabe (10.Yojiro Takaxagi 63)
ZAXIRA: 13.Takuya Masuda, 16.Satoru Yamagishi, 23.Kota Sameshima, 34.Kazuya Miyaxara
Hakamlar: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla Alhammadi, Kamol Zayed Davud Salmon, Ammar Ali Abdulla Juma Alnaibi (barchasi – BAA)
Nazoratchi: Al-Traifi Ali Ahmad (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Benjamin Tan Tiong Meng (Singapur)
23 aprel. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni. 8848 tomoshabin

mib
uzcard
cola
apex
bmb