OChL. 3-Tur. «Bunyodkor» o`z maydonida yana durang o`ynadi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar ligasidagi 3-tur bahsida o`z maydonida Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoasi bilan durang o`ynadi.

2 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi 3-tur o`yinlari o`tkazildi. «G» guruhi 3-tur uchrashuvlari doirasida Toshkentning «Bunyodkor» klubi o`z maydonida Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoasini qabul qildi. Har ikkala jamoa mazkur tur oldidan o`z hisobidagi 4 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan edi. Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo`lib o`tgan uchrashuvda har ikki jamoaning gol kiritish uchun qilingan barcha harakatlar besamar ketdi va uchrashuv golsiz durang bilan yakuniga etdi - 0:0.

Uchrashuvda Bunyodkor futbolchilari raqibiga nisbatan ko`proq to`pga egalik qilgan bo`lsalar ham, raqib darvozasi oldida ko`roq hujum uyushtirgan bo`lsa ham xitoy jamoasi darvozasiga yo`l topa olmadilar. Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Poxang Stilerz» jamoasi safarda «Sanfrechche Xirosima» ustidan 1:0 hisobida g`alaba qozondi va o`z ochkolari sonini 5taga etkazib oldi. Shu tariqa «G» guruhida bir yo`la 3 jamoa - «Bunyodkor», «Beyjing Guoan» hamda «Poxang Stilerz» jamoalari hisobida 5tadan ochko mavjud. Faqatgina «Bunyodkor» to`plar nisbatiga ko`ra guruhda peshqadam bo`lib turibdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari 4-turda aynan «Beyjing Guoan» uyiga safar uyushtiradi. Mazkur uchrashuv 10 aprel kuni bo`lib o`tadi.

OChL. 3-tur. 2 aprel (Seshanba)
«BUNYoDKOR» - «BEYJING GUOAN» - 0:0
BUNYoDKOR: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Sahob Jo`raev, (Anvar G`ofurov, 66)Artyom Filiposyan, Xayrulla Karimov, Marko Blajich, (Alibobo Rahmatullaev, 68), Jasur Hasanov (21.Sardor Rashidov, 75) Javlon Ibrohimov, Lutfulla To`raev, Kamoliddin Murzoev, Aleksandr Pishur.
BEYJING GUOAN: Yang Zi, Zou Ting, Lang Zeng, Zang Xinxin, Egor Krimets, Shao Jiayi, (Yang Yun, 71) Darko Matich, Zang Xize, Piao Cheng, (Li Tsitsian, 87) Mao Jiangking, (Vang Ksialong, 64) Joffre Guerron.
Hakamlar: Ali Hasan Ibrohim , Navof Shaxin Xalifa. Muhammad Salmon (barchasi Bahrayn), Jobir Al Mari (Qatar)

mib
uzcard
cola
apex
bmb