26 fevral kuni G`uzorning «Sho`rtan» klubi «Navbahor»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi.
«Sho`rtan» rasmiy sayti xabariga ko`ra, Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy jamoa xo`jaligidagi stadionda bo`lib o`tgan o`yin 3:1 hisobida «Navbahor» foydasiga hal bo`lgan. «Sho`rtan»ning yagona goli hujumchi Pavel Solomin hisobiga yozilgan.
Ushbu nazorat o`yini «Sho`rtan» uchun yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida so`nggisi bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, 2013 yilgi mavsumni «Sho`rtan» 2 mart kuni «Metallurg»ga qarshi safar o`yini bilan boshlasa, 3 mart kuni «Navbahor» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi.