«Bunyodkor» «Beyjing Guoan»ni yangi stadionda qabul qiladi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi ikkinchi uy uchrashuvini yangi «Bunyodkor» stadionida o`tkazadi.

27 fevral kuni O`FF 1-vitse prezidenti Sardor Rahmatullaev nomiga OFKdan xat keldi. Unda ma`lum qilinishicha, Toshkentdagi «Bunyodkor» stadioni 2 aprel kuni O`zbekistonning «Bunyodkor» va Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoalari o`rtasidagi OChL-2013 «G» guruhi 3-tur uchrashuvi o`tkaziladigan o`yingoh sifatida tasdiqlangan.

Toshkentning «Bunyodkor» klubi OChL-2013 guruh bosqichidagi dastlabki uy uchrashuvini 13 mart kuni Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasiga qarshi o`tkazadi. Uchrashuv Toshkentdagi «Jar» stadionida o`tkaziladi.

Bunga sabab, «Bunyodkor» stadioni maydoni maysasi faqatgina O`zbekiston va Livan terma jamoalari o`rtasidagi JCh-2014 saralash uchrashuvi arafasida tayyor holatga keladi. O`zbekiston – Livan o`yini 26 mart kuni o`tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb