«Bunyodkor» safarda Yaponiya chempionini mag`lubiyatga uchratdi

2012 yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi, Toshkentning «Bunyodkor» klubi 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi bahslarini g`alaba bilan boshladi.

27 fevral kuni Toshkentning «Bunyodkor» klubi OChL-2013 «G» guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida Yaponiyada, Yaponiyaning amaldagi chempioni «Sanfrechche Xirosima» klubi mehmoni bo`ldi. O`yin 2:0 hisobida «Bunyodkor» g`alabasi bilan yakuniga etdi. Jamoaga g`alaba keltirgan gollar «Bunyodkor»ning ukrainalik hujumchisi Aleksandr Pishur va «Nasaf»dan o`tgan Fozil Musaev hisobiga yozildi.

«Bunyodkor» OChL guruh bosqichidagi navbatdagi o`yinni 13 mart kuni Toshkentda o`tkazadi. Shu kuni Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasi «Jar» stadionida mehmon bo`ladi.

Qayd etish joiz, 26 fevral kuni OChLdagi O`zbekistonning boshqa bir vakili – Toshkentning «Paxtakor» klubi ham g`alaba qozongan edi. Murod Ismoilov shogirdlari oson bo`lmagan o`yinda Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» jamoasini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishgan edi.

Osiyo Chempionlar Ligasi-2013
«G» guruhi, 1-tur uchrashuvi
27 fevral, chorshanba
«SANFREChChE XIROSIMA» (Yaponiya) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston) 0:2 (0:1)
GOLLAR:
Aleksandr Pishur (45), Fozil Musaev (86).
«SANFREChChE XIROSIMA»: 1. Nishikava Shusaku, 4. Xiroki Mizumoto, 5. Kazuxiko Chiba, 6. Aoyama Toshixiro, 9. Naoki Ishixara, 10. Yoiro Takaxagi, 11. Xisato Sato, 15. Tomotaka Okamoto, 16. Satoru Yamagishi, 20. Xironori Ishikava, 33. Tsukasa Shiotani
«BUNYoDKOR»: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Xayrulla Karimov, 6. Anvar G`ofurov, 7. Marko Blajich, 8. Javlon Ibrohimov, 11. Aleksandr Pishur, 13. Lutfulla To`raev, 16. Artyom Filiposyan, 18. Fozil Musaev, 19. Jasur Hasanov, 23. Sahob Jo`raev.
BOSh HAKAM: Muhammad Abdulkarim Muhammad.

mib
uzcard
cola
apex
bmb