Murod Ismoilov: «Safimizda yulduzlar yo`q»

Osiyo Chempionlar ligasi «V» guruhi 1-tur uchrashuvida Saudiya «Arabistonining «Al-Ittifoq» klubini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan Toshkentning «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Murod Ismoilov, uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida, raqib juda intizomli o`yin ko`rsatganini aytib o`tdi.

«Muxlislarni g`alaba bilan tabriklayman. Ularni hursand qila oldik deb o`ylayman. Bugun mavsumning ilk rasmiy o`yini bo`lgani uchun, birinchi bo`limda yigitlarda biroz hayajon sezildi. Ikkinchi bo`limda bu holatni engib o`tdik va raqibni ta`qib qila boshladik. Raqibimiz butun o`yin davomida intizomli o`yin ko`rsatganini ta`kidlamoqchiman. Bunday sifatli o`yinlarda birinchi bo`lib gol urgan jamoada g`alaba qozonish imkoniyati ko`proq bo`ladi. Yakunda shunday bo`ldi ham», - dedi Murod Ismoilov.

«Raqib kabi biz ham jamoaviy va intizomli o`yin ko`rsatishga harakat qildik. Temurxo`ja Abduholiqovni o`z vaqtida maydonga tushirganimiz va biroz omad evaziga raqib darvozasini ishg`ol etdik», deya qo`shimcha qildi «Paxtakor» bosh murabbiyi. «Safimizda yaqqol yulduzlar yo`q. Ammo, jamoamiz safida bir qator iqtidorlar o`sib kelmoqda. Aytishim mumkin, jamoamiz o`z imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda, chempionatning birinchi davrasi yakunlangunicha mana shu tarkib bilan o`ynaydi. Maydon markazini boshqara oladigan futbolchilar bor. Shuningdek, bu pozitsiyada Jamshid Iskanderov ham yaxshi o`ynay oladi. Bugun raqibdan shunday o`yin kutgandim. O`ylaganimdek bo`lib chiqdi. Raqib jamoasida futbolchilarning joylari o`zgargan bo`lishi mumkin, ammo ular oldindan kutilganidek juda tartibli va sifatli o`yin namoyish etishdi», - dedi anjumanida Murod Ismoilov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb