Matsey Skorja: «Mag`lubiyatga munosib emasdik»

26 fevral kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida O`zbekistonning «Paxtakor» va Saudiya «Arabistonining «Al-Ittifoq» jamoalari o`rtasida Osiyo Chempionlar ligasi «V» guruhi 1-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. 1:0 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`lgan uchrashuvdan so`nggi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob bergan «Al-Ittifoq» klubi bosh murabbiyi Matsey Skorja, o`z jamoasining uchrashuvda mag`lubiyatga munosib o`yin ko`rsatmaganini ta`kidladi.

«Birinchi bo`limda unchalik o`yinimiz qovushmagan bo`lsada gol urish imkoniyatiga ega bo`lgan edik. Ikkinchi bo`limda esa, penaltidan unumli foydalana olmadik. Qolaversa, bir qator vaziyatlarda xatoga yo`l qo`ydik. Bugun mag`lubiyatga munosib emasdik. Keyingi tur uchrashuvlarida bugungi kabi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz», - deydi Skorja.

«Bugun ikkala jamoa ham uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko`rganinini namoyish etdi. Bugun juda sifatli va yaxshi o`yin guvohiga aylandik», deya qo`shimcha qildi «Al-Ittifoq» ustozi. «Uchrashuvdan avval, bizga ma`lumot etkazib berib turadigan hodimlar haqidagi gapim, shunchaki hazil edi. Klubimizda professional hodimlar ishlaydi. Ular bizga raqib haqida etarlicha ma`lumot etkazib berib turishdi. Umuman olganda, «Paxtakor» bugun juda yaxshi futbol ko`rsatdi. Ayniqsa, jamoaning markaziy yarim himoyasida harakat qilgan Kaxi Maxaradzening o`yin menga yoqdi. O`ylashimcha, u O`zbekiston chempionatidan ko`ra kuchliroq chempionatda to`p surishga loyiq bo`lgan futbolchi. Dammamdagi javob uchrashuvida g`alaba biz tomonda bo`lishi uchun harakat qilamiz», - dedi Matsey Skorja. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb