«Lokomotiv» Shavkat Mullajonov bilan shartnoma imzoladi

O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Shavkat Mullajonov Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda «Lokomotiv» rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Shavkat Mullajonov 2012 yilgi mavsumni Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida o`tkazgan edi. Faoliyati davomida Zarafshonning «Qizilqum», Toshkent viloyatining «Olmaliq» jamoalarida to`p surgan Mullajonov 2011 yilgi Osiyo Kubogi bahslaridan so`ng Qatar Yulduzlar ligasiga yo`l olgandi.

Shavkat Mullajonov O`zbekiston milliy terma jamoasi safida 2010 yil avgustida debyut qilgan bo`lib, o`tgan davr mobaynida terma jamoa safida 20 uchrashuvda maydonga tushgan.

2013 yilgi mavsumda o`z oldiga yuqori maqsadlar qo`yayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi milliy terma jamoa yarim himoyachisi Sanjar Tursunov, Viktor Karpenko («Bunyodkor»), Jasur Hasanov («Buxoro»), Ivan Nagaev («Dinamo»), Pavel Smolyachenko («Neftchi»), Salim Mustafoev («Dinamo»), Farhod Tojiev («Sho`rtan»), Ruslan Melziddinov («Bunyodkor») kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb