Matsey Skorja: «Paxtakor»ni yaxshilab o`rgandik»

«Al-Ittifoq» bosh murabbiyi Matsey Skorjaning so`zlariga ko`ra, jamoa 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida imkon qadar muvaffaqiyatli o`yin ko`rsatishga harakat qiladi. Bu haqda «Paxtakor» rasmiy sayti xabar bermoqda.

26 fevral kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi «V» guruhi 1-tur bahslari doirasida O`zbekistonning «Paxtakor» va Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» jamoalari o`rtasida o`yin bo`lib o`tadi. Ushbu o`yin arafasida, 25 fevral kuni stadion anjumanlar zalida har ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

«Al-Ittifoq» vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi, polshalik Matsey Skorja va jamoa yarim himoyachisi Yahyo ash-Shahriy ishtirok etdi.

«Paxtakor»ni yaxshilab o`rgandik, bunda bizga O`zbekistondagi vakilimiz yordam berdi. Biroq «Paxtakor» hali birorta ham rasmiy o`yin o`tkazgani yo`q, shuning uchun ham uning aynan hozirgi holatidan bexabarmiz. Shunga qaramay, o`zimizga kerakli ochkolarni qo`lga kiritib, kerakli ochkolarni qo`lga kiritishga harakat qilamiz», - dedi polshalik mutaxassis.

«Toshkentga yaxshi o`yin namoyish etib, g`alaba qozinish uchun kelganmiz. G`alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Raqibdan oldingi o`yindagi mag`lubiyat uchun o`ch olish niyatida emas, balki ertangi bahsni yutish maqsadida maydonga tushamiz», - dedi jamoa yarim himoyachisi Yahyo ash-Shahriy.

«Tarkibga yangi qo`shilganlardan ganalik hujumchi Prins Tagoni qayd etishim mumkin. Uning tajribasi katta va OChLda muvaffaqiyatli ishtirok etishimizda yordam beradi, deb o`ylayman. Tarkib borasidagi yakuniy xulosaga esa bugungi, o`yinoldi rasmiy mashg`ulotlaridan so`ng kelaman. Toshkentga etib kelganimizga hali 48 soat bo`lmadi, lekin iqlimga moslashish uchun bu fursat etarli deb o`ylayman. Yaxshi o`yin ko`rsatishimiz uchun to`sqinlik qiladigan jihatlarni ko`rmayapman», - deya qo`shimcha qildi «Al-Ittifoq» bosh murabbiyi.

Eslatib o`tamiz, «Paxtakor» va «Al-Ittifoq» o`rtasidagi o`yin 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb