«Paxtakor» yangi futbolchilarni tanishtiradi

23 fevral kuni «Paxtakor» jamoa bilan shartnoma imzolagan yangi o`yinchilarni tanishtiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

23 fevral, shanba kuni, soat 12:00da «Paxtakor» anjumanlari zalida jamoaning yangi futbolchilarini tanishtirishga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tadi. Unda yarim himoyachi Aleksandr Merzlyakov, himoyachi Ildar Mamatkazin va armanistonlik yarim himoyachi Jora Oganesyan tanishtiriladi.

Anjumanda «Paxtakor» vitse-prezidenti Samvel Babayan ham jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob beradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb