Toshkentning «Bunyodkor» klubi OChL guruh bosqichidagi dastlabki o`yinini o`tkazish uchun 21 yanvar kuni oqshomda Yaponiyaga jo`nab ketdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
27 fevral kuni Toshkentning «Bunyodkor» klubi OChL-2013 «G» guruhi 1-turi doirasida Yaponiyaning «Sanfrechche Xirosima» jamoasi mehmoni bo`ladi.
Ushbu o`yin uchun jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 19 nafar futbolchini Yaponiyaga olib ketdi. Ular orasida ukrainalik hujumchi Aleksandr Pishur va serbiyalik yarim himoyachi Marko Blajich ham bor.
«Yaponiyaga yo`l olgan delegatsiya safida ko`rib turganingizdek Akbar To`raev, Anvarjon Soliev, Akmal Shorahmedov, Igor Taran singari futbolchilar yo`q. Shorahmedov Antaliyadagi nazorat uchrashuvida kichik jarohatlangan bo`lsa, Soliev davolanishda davom etyapti», - deb yozadi «Bunyodkor» rasmiy sayti.
«Sanfrechche Xirosima»ga qarshi maydonga tushishi mumkin bo`lgan «Bunyodkor» futbolchilari:
Darvozabonlar – Ignatiy Nesterov, Murodjon Zuxurov
Himoyachilar – Xayrulla Karimov, Dilshod Jo`raev, Sahob Jo`raev, Abduqahhor Xojiakbarov, Anvar G`ofurov, Artyom Filiposyan
Yarim himoyachilar – Alibobo Rahmatullaev, Javlon Ibroximov, Fozil Musaev, Lutfulla To`raev, Jasur Hasanov, Oleg Zoteev, Marko Blajich
Hujumchilar – Kamoliddin Murzoev, Bahodir Pardaev, Sardor Rashidov, Aleksandr Pishur.