Sanjar Tursunov «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda «Lokomotiv» rasmiy sayti xabar bermoqda.

2012 yil yakunlariga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi o`yinchisi deb topilgan yarim himoyachi Sanjar Tursunov 2012 yilgi mavsumni Rossiyaning «Alaniya» klubida o`tkazgan edi.

«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan 26 Tursunov professional faoliyatini Rossiyaning «Irtish» (Omsk) jamoasida boshlab, keyinchalik «Volga» (Nijniy Novgorod) jamoasida to`p surgan.

Futbolchi 2010 yildan beri O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi hisoblanadi. Shu kungacha terma jamoa safida 24ta o`yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo`ldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb