Muborakning «Mash`al» jamoasi 20 fevral kuni navbatdagi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Toshkentning «NBU-Osiyo» jamoasiga qarshi o`yinda «Mash`al» futbolchilari 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Gollar Viktor Klishin va Zohir Qo`ziboev (ikkita gol) hisobiga yozildi.
«Mash`al» navbatdagi nazorat o`yinini 23 fevral kuni «Lokomotiv» o`rinbosarlariga qarshi o`tkazadi.
Nazorat o`yini
20 fevral, chorshanba
«MASh`AL» - «NBU-OSIYo» 3:0
GOLLAR: V.Klishin, Z.Qo`ziboev (2ta).
«MASh`AL»: O`tkir Yusupov, Xurshid Suyunov, Sherzod Fayziev, Dilyaver Vaniev, Iskandar Shayqulov, Xolmurod Xolmurodov, Eldor Ergashev, Aziz Jo`raev, Rustam A`zamov, Viktor Klishin, Eldor Shomurodov.
Zaxiradan tushganlar: Nodir Davlatov, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Rahmatullaev, Akbar Hotamov, Shahzod Shaymanov, Zohir Qo`ziboev, Bahodir Murtazoev, Dilshod Umarxonov.