
2012 yilgi O`zbekiston chempioni, Toshkentning «Paxtakor» klubi 2013 yilgi OChL bahslarida jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi.
Tarkibdan 30 nafar futbolchi o`rin olgan bo`lib, ulardan uch nafari darvozabon, sakkiz nafari himoyachi, 15 nafari yarim himoyachi va to`rt nafari hujumchidir.
3+1 ko`rinishidagi legionerlar limiti serbiyalik himoyachi Boyan Miladinovich, gruziyalik yarim himoyachi Kaxi Maxaradze va armanistonlik yarim himoyachi Jora Oganesyan hisobiga to`ldirilgan bo`lib, osiyolik legioner o`rni bo`sh qolgan.
To`liq tarkib bilan «Paxtakor» rasmiy saytida tanishish mumkin.
Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, 26 fevral kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» jamoasiga qarshi OChL-2013 guruh bosqichi 1-tur o`yini uchun chiptalar sotuvga chiqqan. VIP toifasidagi chiptalar 10 ming so`m, 1-klass chiptalar 5 ming, 2-klass chiptalari esa 3 ming so`mdan sotilmoqda.