«Bunyodkor» OChL-2013 uchun yakuniy ro`yxatni topshirdi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi 21 fevralga o`tar kechasi Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Klub rasmiy sayti ma`lumotlariga ko`ra, «Bunyodkor» 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan yakuniy ro`yxati ma`lum bo`lgan.

Shunday qilib, OChLda ishtirok etishi mumkin bo`lgan futbolchilarning dastblabki ro`yxatiga kirgan yarim himoyachi Shavkat Salomov va hujumchi Rasul Shuhratov tarkibdan chiqarilgan, ularning o`rnini ikki nafar ikki nafar legioner futbolchi egallagan.

Shunday qilib, ukrainalik hujumchi Aleksandr Pishur va serbiyalik yarim himoyachi Marko Blajich yangi mavsumdagi «Bunyodkor» sharafini himoya qiladigan bo`ldi. Hujumchi OChL o`yinlariga 11-raqam ostida zayavka qilingan bo`lsa, yarim himoyachi 7-raqamni tanlagan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb