19 fevral kuni «Bunyodkor» Turkiya yig`ini doirasidagi so`nggi nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ukrainaning «Vorskla» jamoasiga qarshi o`yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Qayd etish joiz, uchrashuvda hisob «Bunyodkor» futbolchilar tomonidan ochilgan edi. Biroq jamoa g`alabani ushlab qola olmadi.
«Bunyodkor» bungacha Qozog`istonning «Shaxtyor» (1:1), Polshaning «Yaggeloniya» (1:1), Moldovaning «Tiraspol» (4:0), Belarusning «Shaxtyor» (4:2), Ukrainaning «Chernomorets» (1:1) jamoalariga qarshi maydonga tushgan edi.
Nazorat uchrashuvi
19 fevral, seshanba
«BUNYoDKOR» – «VORSKLA» - 1:2 (1:2)
Gollar: Alibobo Rahmatullaev (21) – Gromov (25), Budnik (29).
«BUNYoDKOR»: Murodjon Zuhurov, Xayrulla Karimov, Artyom Filiposyan, Anvar G`ofurov, Oleg Zoteev, Javlon Ibrohimov, Lutfulla To`raev, Alibobo Rahmatulaev, Jasur Hasanov, Igor Taran, Kamoliddin Murzoev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ignatiy Nesterov, Bahodir Pardaev, Sardor Rashidov, Shavkat Salomov.
«VORSKLA»: Dolganskiy, Lagos (Batsula 68), Tkachuk, Dallku, Perduta, Chesnakov, Markoski (Marusich 75), Rebenok, Budnik, Silyuk (Kunev 79, Chenbay 88), Gromov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nepogodov, Kunev, Batsula, Marusich, Pavlik, Chenbay, Vovchenko.