G`uzorning «Sho`rtan» klubi Qozog`iston jamoasini yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qozog`istonning «Shaxtyor» klubi o`rinbosarlariga qarshi o`yinda «Sho`rtan» futbolchilari 3:0 hisobida g`alaba qozondi.
«Sho`rtan»ning gollari Aleksandr Vostrikov, Aziz Mansurov va Obid Jo`raboev hisobiga yozildi. Qayd etish joiz, Aziz Mansurov o`tgan mavsumni Omsk (Rossiya)ning «Irtish» klubida o`tkazgan.
Nazorat uchrashuvi
18 fevral, dushanba
«ShO`RTAN» (O`zbekiston) – «ShAXTYoR» (Qozog`iston) 3:0
«ShO`RTAN»: Pavel Leus, Obid Jo`raboev, Yaroslav Krushelnitskiy, Asror Aliqulov, Vyacheslav Ponomaryov, Dilyaver Abibullaev, Abbos Omonov, Botir Qodirqulov, Shukur Jumaboev, Aleksandr Vostrikov, Pavel Solomin.
Zaxiradan tushganlar: Aleksandr Korneychuk, Ilnur Xazigaliev, Elyor Intizomov, Jamol Otaqulov, Aziz Mansurov.