19 fevral kuni, Turkiyadagi ikki haftalik o`quv-mashg`ulot yig`inlarini yakunlab, «Nasaf» O`zbekistonga qaytib keladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Umuman yig`indan ko`zlangan maqsadsha erishdik, deb o`ylayman. Yigitlar ancha «forma»ga kirib olishdi. Nasib etsa, yangi mavsumda muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz», - deydi jamoa bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev.
Yig`in davomida «Nasaf» Xorvatiyaning «Inter» (2:2), Polshaning «Gurnik» (1:2), Polshaning «Rux» (1:0), Chexiyaning «Bogemians» (2:0) va Ukrainaning «Ilichevets» (0:0) jamoalariga qarshi maydonga tushdi.
Futbolchilarga uch kunlik tanaffus beriladi. 23 fevral kuni jamoa Qarshida to`planadi va mavsum boshlanguniga qadar mashg`ulotlar viloyat markazida davom ettiriladi.