«Dinamo» mashg`ulotlarni Samarqandda davom ettiradi

«Dinamo»ning mavsum oldi tayyorgarlik rejasidan o`rin olgan Toshkentdagi uchinchi yig`in ham yakunlandi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, 2-16 fevral kunlari Toshkentda olib borilgan ushbu yig`in doirasida dinamochilar to`rt marotaba nazorat o`yinlarida maydonga tushishdi. Dastlab, 4 fevral kuni Jizzaxning «So`g`diyona» (0:1), 7 fevralda «Navbahor» (2:2), 9 fevralda «NBU-Osiyo» (1:1) va so`nggi 16 fevral kungi o`yinda «Sho`rtan» (0:4) jamoasiga qarshi maydonga tushib, ikki durang va ikki mag`lubiyat qayd etishdi.

«Aytib o`tish kerak, ushbu bahslarda murabbiy Kamo Gazarov bir qator futbolchilarni sinovdan o`tkazdi. Yig`in davomida jamoani hujumchi Ro`zimboy Ahmedov, belorussiyalik Yuriy Marxel, ukrainalik himoyachi Andrey Eroxin va darvozabon Igor Mixaylovlar tark etishdi», - deyiladi «Dinamo» rasmiy sayti xabarida.

Samarqand futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa 18 fevraldan mashg`ulotlarni Samarqandda olib boradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb