Farg`onaning «Neftchi» klubi 16 fevral kuni Turkiya yig`ini doirasida ikkinchi nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Moldovaning «Kostulen» jamoasiga qarshi o`yinda Yuriy Sarkisyan shogirdlari 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
«Neftchi» bungacha Ukrainaning «Volin» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Rejaga ko`ra, «Neftchi» 19 fevral kuni Ukrainaning «Naftovik», 22 fevral kuni esa Serbiyaning «Teleoptik» klublariga qarshi nazorat o`yinlarida maydonga tushadi.
Nazorat o`yini
16 fevral, shanba
«Neftchi» (O`zbekiston) – «Kostulen» (Moldova) 0:1
«Neftchi» (birinchi bo`lim): Xurshid Xo`jaev, Shukurali Po`latov, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Boboxonov, Sanjar Asqaraliev, Sardor Soibov, Iqbol Akramov, Javohir Rasulov, Sardor Mirzaev, Anvar Berdiev, Otabek Zokirov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Isaboev, Javlon Guseynov, Shavkat Nasibullaev, Aziz Alijonov, Sherzod Hakimov, G`ayrat Jumaev, Muhriddin Mamasoliev, Otabek Isroilov, Habibullo Buvatoev.