«Sho`rtan» «Dinamo»ni yirik hisobda mag`lub etdi

G`uzorning «Sho`rtan» klubi 16 fevral kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi.

O`yin 4:0 hisobida «Sho`rtan» foydasiga hal bo`ldi. G`uzorliklarning gollari Arturas Fomenko, Pavel Solomin, Aleksandr Vostrikov va Lochin Soliev hisobiga yozildi.

«Sho`rtan» rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa navbatdagi nazorat o`yinini 18 fevral, dushanba kuni Qozog`istonning «Shaxtyor» jamoasi yoshlariga qarshi o`tkazadi.

Nazorat uchrashuvi
16 fevral, shanba
«ShO`RTAN» - «DINAMO» 4:0 (2:0)
«Sho`rtan»:
Pavel Leus, Obid Jo`raboev, Asror Aliqulov, Yaroslav Krushelnitskiy, Vyacheslav Ponomaryov, Ilnur Xazigaliev, Dilyaver Abibullaev, Muzaffar Umrzoqov, Pavel Solomin, Botir Qodirqulov, Arturas Fomenko.
Zaxiradan tushganlar: Aleksandr Vostrikov, Aleksandr Korneychuk, Jamol Otaqulov, Elyor Intizomov, Abbos Omonov, Aziz Mahmudov, Lochin Soliev, Shukur Jumaboev.
«Dinamo»: Andrey Melnichuk, Akmal Xolmurodov, Aleksandr Kletskov, Ahrol Risqullaev, Akmal Bozorov, Abdulla Nabiev, Vladimir Klinevich, Ruslan Bidnenko, Yunus Suyunov, To`lqin Mirzaev, Sardorali Atoev.
Zaxiradan tushganlar: Igor Mixaylov, Azamat Bobojonov, Siroj Sayfiev.
Gollar: A.Fomenko (17), P.Solomin (36), A.Vostrikov (67), L.Soliev (83).
Chetlatishlar: A.Kletskov (70) – Sh.Jumaboev (70).

mib
uzcard
cola
apex
bmb