O`z vaqtida «Mash`al»ning etakchi futbolchilaridan biri bo`lgan Viktor Klishin jamoa muborakliklar safida mavsumga tayyorgarlik ko`rmoqda.
«Viktor Klishindan tashqari Zohir Qo`ziboev, Bahodir Murtazoev, Rustam A`zamov, Dilshod Umarxonov singari futbolchilar ham «Mash`al»ning poytaxtdagi o`quv-yig`in mashg`ulotlarida qatnashishmoqda. Ularning klubda qolish-qolmasligini vaqt ko`rsatadi. Yana bir gap. Biroz muddat «Olmaliq»da ko`rigida bo`lgan Abbos Shodmonov yana «gazchilar» safiga qaytib keldi», - deyiladi «Mash`al» rasmiy sayti xabarida.
PFL Kubogi-2013dagi ishtirokini yarim final bocqichida yakunlagan «Mash`al» 17 fevral kuni Zarafshonning «Qizilqum» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushadi. 23 fevral kuni esa «Lokomotiv» o`rinbosarlariga qarshi o`yin o`tkaziladi.
Rejaga ko`ra, 20-21 fevral kunlari ham nazorat o`yinlari tashkil etilishi kerak, biroq hozircha raqib jamoa nomi ma`lum emas.