«Olmaliq» 18 fevral kuni PFL Kubogi-2013 finalida o`ynaydi, 23 fevral kuni «Sho`rtan»ga qarshi nazorat o`yini o`tkaziladi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, yosh hujumchi Aleksandr Lupashko jamoani tark etgan – futbolchi boshqa klubga ijaraga berilishi mumkin.
Jamoa safiga esa Turkmaniston terma jamoasi darvozaboni Maqsatmurot Shomurodov va o`tgan mavsumni Zarafshonning «Qizilqum» jamoasida o`tkazgan himoyachi Temur Kagirov qo`shilgan.