«Bunyodkor» Belarus «Shaxtyor»ini mag`lub etdi, «Chernomorets» bilan durang o`ynadi

«Bunyodkor» Antaliya yig`ini doirasida bir kunda yana ikkita nazorat o`yini o`tkazdi.

16 fevral kuni Belarusning «Shaxtyor» va Ukrainaning «Chernomoerts» jamoalari Toshkentning «Bunyodkor» jamoasiga raqib bo`ldi.

Kunning birinchi yarmida Belarus vitse-chempioniga qarshi o`yin o`tkazildi. Unda «Bunyodkor» 4:2 hisobida g`alaba qozondi. Unda jamoada ko`rikdan o`tayotgan ukrainalik hujumchi Aleksandr Pishur xet-trikka erishgan bo`lsa, yana bitta gol Igor Taran hisobiga yozildi.

Kunning ikkinchi yarmida Odessaning «Chernomorets» klubiga qarshi o`yin o`tkazildi. O`yinda 1:1 hisobida durang qayd etildi. «Bunyodkor»ning goli himoyachi Sahob Jo`raev hisobiga yozildi. «Paxtakor» bilan o`yindagidan farqli ravishda, o`zbekistonlik hujumchi Maksim Shatskix «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushmadi.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» Turkiya yig`ini davomida bungacha Qozog`istonning «Shaxtyor» (1:1), Polshaning «Yaggeloniya» (1:1), Moldovaning «Tiraspol» (4:0) jamoalariga qarshi maydonga tushgan edi. Rejaga ko`ra, 19 fevral kuni Ukrainaning «Vorskla» jamoasiga qarshi bahs olib boriladi.

Nazorat uchrashuvlari
16 fevral, shanba
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «ShAXTYoR» (Soligorsk, Belorussiya) 4:2 (1:1)
Gollar:
Aleksandr Pishur 24, 82, 87, Igor Taran 58
«Bunyodkor»: Akbar To`raev, Dilshod Jo`raev, Kamoliddin Tojiboev, Abduqahhor Xojiakbarov, Javlon Ibroximov, Akmal Shorahmedov, Igor Taran, Alibobo Rahmatullaev, Sardor Rashidov, Bahodir Pardaev, Aleksandr Pishur

«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «ChERNOMORETs» (Odessa, Ukraina) 1:1 (0:1)
Gollar:
Elis Bakay (45+1) – Oleg Zoteev (90)
Ogohlantirishlar: Elis Bakay (45) – Sahob Jo`raev (8)
Chetlatish: Sergey Politilo (90)
«Bunyodkor»: Ignatiy Nesterov (sardor), Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Artyom Filiposyan, Sahob Jo`raev (Oleg Zoteev, 46), Lutfulla To`raev, Fozil Musaev, Jasur Hasanov, Marko, Shavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev
«Chernomorets»: Bezotosniy (sardor), Fontanelo, P. Kovalchuk, Zubeyko, Santana, Politilo, Bobko, De Matos, Dja Djedje (Burdujan, 76), Riera, Bakay

mib
uzcard
cola
apex
bmb