«Paxtakor» Turkiya yig`inini g`alaba bilan yakunladi

«Paxtakor» 15 fevral kuni Vengriya Oliy ligasi vakiliga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib borayotgan Toshkentning «Paxtakor» klubi 15 fevral kuni yig`in doirasidagi so`nggi nazorat uchrashuvini o`tkazdi.

Vengriyaning «Diosgyor» jamoasiga qarshi o`yinda «Paxtakor» 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Jamoaga g`alaba keltirgan gol gruziyalik yarim himoyachi Kaxi Maxaradze hisobiga yozildi.

Bungacha, «Paxtakor» yig`in doirasida Belarusning BATE (4:3), Polshaning «Podbeskidze» (0:0), Qozog`istonning «Vostok» (0:1) va Ukrainaning «Chernomorets» (1:1) jamoalariga qarshi maydonga tushgandi.

«Paxtakor» 18 fevral kuni tongda O`zbekistonga qaytib keladi.

Nazorat uchrashuvi
15 fevral, juma
«PAXTAKOR» (O`zbekiston) – «DIOSGYoR» (Vengriya) 1:0 (1:0)
GOL:
Kaxi Maxaradze (6).
«PAXTAKOR»: Lobanov, Hoshimov, Fomin (Mamatkazin, 71), Kozak (O`runov, 78), Merzlyakov, Andreev, Maxaradze, Karimov (Shixov, 55), Sharofetdinov, Oganesyan (Iskandarov, 53), Sergeev.
Chetlatish: Maxaradze (87).

mib
uzcard
cola
apex
bmb