«Buxoro» 15 fevral kuni Turkiya yig`ini doirasidagi so`nggi nazorat o`yinini o`tkazdi. Ushbu o`yin «Buxoro» uchun Turkiya yig`ini doirasidagi so`nggi o`yin bo`ldi.
Ruminiyaning «Bixor» jamoasiga qarshi o`yinda Tachmurad Agamuradov shogirdlari 4:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
Jamoa gollari Otabek Narzullaev, Otabek Valijonov, Shahzod Sulaymonov va Shavkat Abbosovlar hisobiga yozildi.
«Buxoro» bungacha Belarusning «Torpedo-BELAZ» (0:0), Rossiyaning «Metallurg-Kuzbass» (0:1) va Ukrainaning «Vorskla» (1:1) jamoalariga qarshi maydonga tushgan edi.
Nazorat uchrashuvi
15 fevral, juma
«BUXORO» (O`zbekiston) – «BIXOR» (Ruminiya) 4:1 (2:0)
GOLLAR: Otabek Narzullaev (9), Otabek Valijonov (25), Shahzod Sulaymonov (80-penalti), Shavkat Abbosov (84).