«Nasaf» Chexiya klubini mag`lubiyatga uchratdi

Qarshining «Nasaf» jamoasi Turkiyadagi yig`inlar doirasida navbatdagi nazorat o`yinini o`tkazdi.

14 fevral kuni Qarshining «Nasaf» jamoasi Chexiyaning «Bogemians» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O`yin 2:0 hisobida O`zbekiston klubi foydasiga hal bo`ldi.

O`yinda hisob hujumchi Kenja To`raev tomonidan ochilgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Shohruh Gadoev jamoasining g`alabasini yanada mustahkamlagan gol muallifiga aylandi.

«Maqsud Karimov, Erkin Boydullaev, Laziz Ubaydullaev singari futbolchilar engil jarohati bois ularga dam berildi. «Nasaf» futbolchilari yig`in doirasida so`nggi nazorat uchrashuvini 17 fevral kuni o`tkazishadi», - deb yozadi «Nasaf» rasmiy sayti.

Nazorat o`yini
14 fevral, payshanba
«NASAF» (O`zbekiston) – «BOGEMIANS» (Chexiya) 2:0 (1:0)
GOLLAR:
Kenja To`raev, Shohruh Gadoev.
«NASAF»: G`ayrat Hasanov, Shuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Botir Qoraev, Rahmatilla Berdimurodov, Artur Gevorkyan (s), Eldor Boymatov, Shohruh Gadoev, Suhrob Ne`matov, Kenja To`raev, Ilhom Shomurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Farruh Sayfiev, Mirzakamol Kamolov, Zoxid Abdullaev, Alisher Yusupov, Mirzamurod Jo`rabaev, Sanjar Baratov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb