Mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston Kubogining amaldagi sohibi – «Bunyodkor» 13 fevral kuni ikkita nazorat o`yinida maydonga tushdi.
Kunning dastlabki o`yini Polshaning «Yaggeloniya» jamoasiga qarshi kechdi. O`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. «Bunyodkor»ning goli yarim himoyachi Lutfulla To`raev hisobiga yozildi.
Ikkinchi o`yin Moldovaning «Tiraspol» jamoasiga qarshi kechdi. Bu o`yinda «Bunyodkor» futbolchilari yirik – 4:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Jamoa gollari himoyachi Anvar G`ofurov, yarim himoyachilar Oleg Zoteev va Shavkat Salomov, hujumchi Kamoliddin Murzoev hisobiga yozildi.
Jamoa bungacha Qozog`iston chempioni – Qarag`andaning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o`ynagan edi. Rejaga ko`ra, Qosimov shogirdlari 16 fevral kuni Ukraining «Chernomorets», 19 fevral kuni esa Ukrainaning «Vorskla» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Nazorat o`yinlari
13 fevral, chorshanba
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «YaGELLONIYa» (Polsha) 1:1 (1:1)
GOL: Lutfulla To`raev 7
«BUNYoDKOR»: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Artyom Filiposyan, Akmal Shorahmedov, Sahob Jo`raev, Lutfulla To`raev, Javlon Ibroximov, Alibobo Rahmatullaev, Jasur Hasanov, Bahodir Pardaev, Aleksandr Pishur
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To`raev, Sardor Rashidov, Dilshod Jo`raev, Kamoliddin Tojiboev
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «TIRASPOL» (Moldova) 4:0 (2:0)
GOLLAR: Anvar G`ofurov 20, Oleg Zoteev 38, Shavkat Salomov 70, Kamoliddin Murzoev 79
«BUNYoDKOR»: Murodjon Zuxurov, Abduqahhor Xojiakbarov, Anvar G`ofurov, Dilshod Jo`raev, Kamoliddin Tojiboev, Oleg Zoteev, Fozil Musaev, Shavkat Salomov, Sardor Rashidov, Igor Taran, Kamoliddin Murzoev