«Sho`rtan» Toshkentdagi yig`inlari doirasida ilk nazorat o`yinini o`tkazdi.
13 fevral kuni G`uzorning «Sho`rtan» klubi Qibraydagi tabiiy maydonda Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. O`yinda hisob ochilmadi – 0:0.
«Sho`rtan» navbatdagi nazorat o`yinini 16 fevral kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi o`tkazadi. Ushbu o`yin ham Qibrayda bo`lib o`tadi. G`uzor klubining Toshkentdagi yig`inlari 24 fevralgacha davom etadi.
Nazorat o`yini
13 fevral, chorshanba
«ShO`RTAN» - «NAVBAHOR» - 0:0
«ShO`RTAN»: Pavel Leus, Obid Jo`raboev, Yaroslav Krushelnitskiy, Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Botir Qodirqulov, Dilyaver Abibullaev, Pavel Solomin, Jasur Boboev, Ibrohim Otaxonov, Arturas Fomenko.
Zaxiradan tushganlar: Aleksandr Korneychuk, Shukur Jumaboev, Timur Ayzatulov, Ilnur Xazigaliev, Elyor Intizomov, Aziz Mahmudov, Vyacheslav Ponomaryov, Abbos Omonov, Aleksandr Vostrikov.
«NAVBAHOR»: Denis Romanenko, Timur Sultonov, Qahramon Mahamadjonov, Jahongir Mehmonov, Azim Ahmedov, Abdumalik Abdullaev, Rasul Shuhratov, Ilhom Boydadaev, Akrom Bahriddinov, G`ayrat Jo`raev.
Zaxiradan tushganlar: Vitaliy Pochuev, Abdumajid Toirov, Ro`zimboy Ahmedov, Lochin Soliev, Viktor Mochalov.