Maksim Shatskix «Paxtakor»ga qarshi bir taym o`ynadi

Toshkentning «Paxtakor» 13 fevral kuni Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida Ukrainaning «Chernomorets» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O`yin 1:1 hisobida durang natija bilan yakuniga etdi. O`yinda hisob 61-daqiqada «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeev tomonidan ochilgan bo`lsa, 74-daqiqada Riera tomonidan urilgan gol ukrain klubini mag`lubiyatdan qutqarib qoldi.

E`tiborli tomoni, O`zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to`purari, hujumchi Maksim Shatskix «Chernomorets» safida bir bo`lim «Paxtakor»ga qarshi maydonda to`p surdi. O`zbekistonlik hujumchida gol urish uchun qator imkoniyatlar bo`ldi.

«Paxtakor» Turkiya yig`ini davomida uchta nazorat o`yinida maydonga tushgan edi. Belarusning BATE jamoasiga qarshi o`yinda toshkentliklar 4:3 hisobida g`alaba qozonishgan bo`lsa, Polshaning «Podbeskidze» jamoasiga qarshi o`yinda 0:0 hisobida durang qayd etilgan edi. Qozog`istonning «Vostok» jamoasiga qarshi o`yinda «Paxtakor» 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Nazorat o`yini
13 fevral, chorshanba
«PAXTAKOR» (O`zbekiston) – «ChERNOMORETs» (Ukraina)
1:1 (0:0)
GOLLAR:
Igor Sergeev (61) – Riera (74).
«PAXTAKOR»: Jo`raev, Merzlyakov, Kozak, Ismatullaev, Hoshimov, Andreev, Sharofetdinov, Maxaradze (s), Oganesyan (Iskanderov, 68). Karimov, Sergeev (Shixov, 85).
«ChERNOMORETs»: Bezotosniy (Past, 68), Berger, Fontanelo, Santana, Zubeyko (Kutas, 80), Politilo, Stargorodskiy (Riera, 46), De Matos, Shatskix (Dja Djedje, 46), Bobko (Didenko, 75), Bakay (Burdujan, 75).

mib
uzcard
cola
apex
bmb