«Buxoro» «Vorskla» bilan durang o`ynadi

Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida «Buxoro» navbatdagi nazorat o`yinini o`tkazdi.

Turkiyaning Side shahridagi Blue Waters mehmonxonasining 3-maydonida Ukrainaning «Vorskla» jamoasiga qarshi kechgan o`yinda «Buxoro» 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

Uchrashuvda hisob «Buxoro» futbolchilari tomonidan ochildi. 7-daqiqada Valijonovning zarbasidan so`ng qaytgan to`pga birinchi bo`lib etib kelgan Vohid Shodiev «Buxoro»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq, «Buxoro» Turkiya yig`inidagi dastlabki g`alabani qo`lga kiritish uddasidan chiqa olmadi. Uchrashuvning 90-daqiqasida «Buxoro» himoyachilari o`z jarima maydonchalari ichida «Vorskla» jamoasi o`yinchisini yiqitishdi, belgilangan penaltini esa Budnik aniq amalga oshirdi.

«Buxoro» bungacha Belarusning «Torpedo-BelAZ» jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o`ynagan, Rossiyaning «Metallurg-Kuzbass» jamoasiga qarshi bahsda esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Nazorat uchrashuvi
12 fevral, seshanba
«BUXORO» (O`zbekiston) – «VORSKLA» (Ukraina) 1:1 (1:0)
GOLLAR:
Shodiev (7) – Budnik (90, penalti).
«BUXORO»: 1. Qobuljonov, 5. Kvesishvili, 4. Oniya, 24. Muhitdinov, 2. Shibamura, 7. Nikolaev, 8. Mahmudov, 17. Narzullaev, 11. Valijonov, 14. Shodiev, 21. Vahobov.
Zaxiradagilar: Nosirov, Kochnev, Qosimov, Rahimov, Sulaymonov, Murotov, Umurov, Abbosov, Azizov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb